Fun Run β har shanba
Musobaqa emas, bepul va hamma uchun: 5 km yengil temp, har kim o'z tezligida. Keyin suhbat va kichik kitob muhokamasi. Botda bir marta ro'yxatdan o'ting, keyin har hafta "Kelaman" tugmasini bosing.
Farg'ona yugurish klubi β har shanba ertalab San'at saroyidan bepul 5 km Fun Run, birga mashq va marafonlarga tayyorgarlik. Endi boshlayotganlardan ultramarafonchilargacha β hammaga joy bor.
Hammasi IronReaders β kitobsevarlar va yuguruvchilar Telegram jamoasidan boshlangan. Bugun bu Farg'ona shahridagi eng faol yugurish klubi: Farg'ona, Marg'ilon, Qo'qon, Quva, hatto Andijon va Toshkentdan yuguruvchilar biz bilan birga trenirovka qiladi.
Strava klubimizda 100 dan ortiq yuguruvchi bor va har hafta 40 dan ortig'i faol kilometr yig'adi β dushanba kunlari haftalik reyting e'lon qilinadi, raqobat qizg'in! Jamoamiz Silk Road Kokand yarim marafonida, Zaamin Ultra tog' treylida va Talaba Yugur startlarida muntazam qatnashadi.
Biz uchun yugurish β sog'lom turmush, kuchli iroda va do'stlar davrasi. Marafondan keyin esa an'anaviy osh va choyxona ham bor π
Asosiy yig'ilish joyimiz β Farg'ona shahri, San'at saroyi maydoni (bayroq tagida π©).
Musobaqa emas, bepul va hamma uchun: 5 km yengil temp, har kim o'z tezligida. Keyin suhbat va kichik kitob muhokamasi. Botda bir marta ro'yxatdan o'ting, keyin har hafta "Kelaman" tugmasini bosing.
Fergana Runners β O'zbekistondagi Phoenix Pack yugurish jamiyatining klublaridan biri. Jamoaviy reyting va umumiy startlar shu jamiyat orqali yuritiladi.
Og'ir mashg'ulotlardan keyin tiklanish: 3β6 km yengil tempda, suhbat bilan. Yangi qo'shilganlar uchun eng qulay boshlanish nuqtasi.
Klub a'zolari qatnashishni rejalashtirgan startlar. Transport va joylashuvni guruhda birga kelishamiz.
Dunyoda birinchi bo'lib butun Ipak yo'lini β Vladivostokdan Lissabongacha β yugurib o'tayotgan ultramarafonchi tez orada bizning vodiydan o'tadi. Uni kutib olamiz va yo'lning bir qismini birga yuguramiz!
Ria Xi β xitoylik ultramarafonchi (@whereisriax). 2026-yil 1-mayda Tinch okeani qirg'og'idagi Vladivostokdan yo'lga chiqib, qadimiy Ipak yo'li bo'ylab 17 davlat orqali Atlantika qirg'og'idagi Lissabongacha β jami 20 000 km masofani yugurib o'tmoqda. Har kuni ~50 km; hozirga qadar 7 000 km dan oshiq yo'l bosib o'tdi. Loyiha nomi β β20000km Experimentβ, mo'ljal: 2027-yil yoziga Lissabon.
Marshruti Markaziy Osiyo orqali β jumladan Farg'ona vodiysi (Andijon, Farg'ona, Qo'qon), Toshkent va Samarqand orqali o'tadi. Fergana Runners jamoasi uni kutib olishni va birga 5β10 km yugurishni rejalashtirmoqda. Aniq sana va yig'ilish nuqtasi Telegram guruhimizda e'lon qilinadi β yangilikni shu yerdan ko'ring.
Klubning birinchi Fun Run'i San'at saroyida o'tdi: 30 ga yaqin ishtirokchi 5, 10 va 21.1 km masofalarda birga yugurdi, keyin piknik bo'ldi. Hozir Fun Run har shanba β hisobotni o'qing.
27 davlatdan ~4000 ishtirokchi yig'ilgan yarim marafonda klubimiz 5, 10 va 21 km masofalarda yugurdi. A'zomiz rasmiy peyser sifatida 1:45 guruhini olib bordi, jamoada yangi shaxsiy rekordlar β yarim marafonda 1:56:21 va umumiy hisobda TOP-15 natija.
Zomin milliy bog'idagi tog' treyliga klubdan 18 kishi bordi: 5 km dan 50 km ultragacha. 759 m balandlik yig'ilgan 21 km va 50 km masofalarni a'zolarimiz muvaffaqiyatli finish qildi. π
Talabalarimiz Talaba Yugur startida kurs bo'yicha yuqori o'rinlarni olib, sport stipendiyasiga nomzod bo'lishdi. Strava klubimiz esa 100+ a'zoga yetdi β endi maqsad 500! π
Hech qanday to'lov, hech qanday shart yo'q β faqat yugurish istagi bo'lsa bas.
Barcha e'lonlar, mashg'ulot vaqtlari va marafon safarlari t.me/IronReaders guruhida kelishiladi.
Strava klubimizga qo'shiling β yugurishlaringiz haftalik reytingga tushadi va jamoa bilan raqobatlashasiz.
Shanba 05:30 da San'at saroyiga keling β 06:00 da Fun Run starti. Avval botda ro'yxatdan o'ting.
A'zolik bepul. Telegram guruhimizga (t.me/IronReaders) kiring, Strava klubimizga a'zo bo'ling va yaqin mashg'ulotga keling β shu bilan siz jamoadasiz.
Albatta. Klubda 13 yoshdan 60+ yoshgacha, endi boshlaganlardan ultramarafonchilargacha yuguruvchilar bor. Yengil 3β6 km recovery yugurishlardan boshlash mumkin, jamoa temp va texnika bo'yicha maslahat beradi.
Asosiy yig'ilish joyi β Farg'ona shahri, San'at saroyi maydoni. Har shanba 05:30 da yig'ilib, 06:00 da 5 km Fun Run start oladi; kechki yengil yugurishlar 20:00β21:00 da.
Fun Run β har shanba ertalab San'at saroyi maydonida o'tadigan bepul 5 km yugurish. Bu musobaqa emas: har kim o'z tempida yuguradi. Telegram botda bir marta ro'yxatdan o'ting, keyin har hafta "Kelaman" tugmasini bosing. Yig'ilish 05:30, start 06:00.
Phoenix Pack β O'zbekistondagi yugurish jamiyati; Fergana Runners uning tarkibidagi klublardan biri. Jamiyat reytingi va yangiliklari phoenix-pack.uz saytida.
Yo'q, klub va barcha jamoaviy mashg'ulotlar bepul. Faqat rasmiy marafonlarda (Silk Road, Zaamin Ultra, Samarkand Marathon va boshqalar) qatnashish uchun tashkilotchilarning slot to'lovi bo'ladi.